Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni va BAA Qatardan bank depozitlari qaytarilishini talab qilmoqdalar
Saudiya Arabistoni, BAA va Bahrayn Qatardan uning moliyaviy muassasalarida saqlanuvi bank depozitlarini qaytarishni talab qildilar. Bu haqda 28 iyunda Fors ko‘rfazi davlatlaridagi bank sohasidagi yuqori lavozimli manbalarga iqtibos keltirgan holda Al-Youm Al-Sabia nashri ma'lum qildi.
Mavjud ma'lumotga ko‘ra, uch nafar arab qirolligi Dohaga "Qatar banklarida saqlanuvchi qisqa muddatli omonatlarni qaytarish talabi" bilan murojaat qilgan. Ta'kidlanishicha, gap 16 mlrd dollar haqida ketmoqda.
Shu bilan birga Dohadan Qatar bozorida AQSh valyutasining sezilarli taqchilligi kuzatilayotgani haqida xabarlar berilmoqda. Amirlikning yirik banklari bir necha kun avval jismoniy va yuridik shaxslarni ularda mavjud dollarni banklarga sotishni rag‘batlantirishga qaratilgan usullarni qo‘llay boshlashgan.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026