Jahon | 10:01 / 29.06.2017
7995
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya yadro quroli ishlab chiqishni to‘xtatishdan bosh tortdi

Shimoliy Koreya yadro quroli ishlab chiqishdan voz kechish niyatida emas, deb xabar berdi KXDRnig BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Kim In Ren Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida. 

Diplomat so‘zlariga ko‘ra, KXDR yadro quroli o‘z suverenitetini himoya qilish va AQSh tahdididan saqlanish uchun kerak, degan fikrda. 

Kim In Renning qo‘shimcha qilishicha, Vashington o‘z yadro qurolini modernizatsiyasi bilan shug‘ullanmoqda, biroq boshqa davlatlarning bu boradagi ishlarini ma'qullamaydi. «Bu o‘ziga ishonish va ikkilamchi standartlardir», - deya shimoliy koreyalik diplomat so‘zlarini keltiradi AP.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid