Olimlar Nuh alayhissalom kemasining qoldig‘ini topishdi
Turkiyalik va xitoylik olimlar guruhi Nuh alayhissalom kemasining qoldig‘ini topishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu haqda muslim.uz xabar bermoqda.
Olimlarning xabar berishicha, xaroba Turkiyada, Ararat tog‘ida qalin vulqon qoyalar va qor qatlamlari ostida yotibdi. Tadqiqotchilar u yerdan qurilish materiali sifatida foydalanilgan yog‘och bo‘laklarini topishdi, deb xabar beradi Daily Express.
Kema parchalari dengiz sathidan 400 metr balandlikdan topilgan. Uglerod tashxisi topilma 4800 yosh atrofida ekanini ko‘rsatdi.
“Bu Nuh alayhissalom kemasining qoldig‘i deb yuz foiz ishonch bilan gapirishga hali erta. Ammo 99.9 foiz ishonch bilan aytish mumkinki, bu o‘sha kemaning aynan o‘zi”, deydi tadqiqotchilardan biri.
Bundan tashqari, tadqiqotchilar shu joyning yaqinidan 20 metr uzunlikdagi zinapoya hamda eshik tuzilishiga o‘xshagan yog‘och-taxta bo‘laklarini ham topishdi. Biroq ularni yerdan sug‘urib olishga hali erishilgani yo‘q.
Mavzuga oid
11:40 / 08.10.2024
«Suzib yurgan megabomba»: Yevroittifoq RFdan yo‘lga chiqqan avariyaviy holatdagi kemani qabul qilishdan bosh tortdi
09:40 / 08.10.2024
Kiyev RF harbiy kemasi ishdan chiqarilganini e’lon qildi
12:50 / 27.09.2024
Xitoyda eng yangi atom suvosti kemasi cho‘kib ketdi
12:15 / 21.08.2024