Jahon | 08:04 / 30.06.2017
5202
2 daqiqa o‘qiladi

Serbiya bosh vaziri lavozimini ayol kishi egalladi

Foto: AP Photo/Darko Vojinovic

Serbiya parlamenti mamlakat bosh vaziri lavozimiga Ana Brnabichni sayladi. Ochiq ovoz berish davomida mamlakat prezidenti Aleksandar Vuchich tomondan ilgari surilgan Brnabich va uning mahkamasi uchun 157 nafar deputat ovoz bergan, 55 deputat esa qarshi chiqqan. 38 deputat ovoz berish jarayonida bo‘lmagan. 

Bosh vazir etib saylanish uchun 250 deputatdan oddiy ko‘pchilik (kamida 126 ta ovoz) ovoz berilishi kifoya qiladi.

29 iyunda yangi hukumat qasamyod keltirdi. Marosim tantanali ravishda prezident, xorijiy elchixonalar vakillari, qirollik uyi a'zolari, deputatlar ishtirokida o‘tdi. Marosimda Serbiya pravoslav cherkovi patriarxi Iriney va diniy idoralar vakillari ishtirok etishmagan, ular yangi bosh vazirning noan'anaviy oriyentatsiyaga egaligi sababli marosimga boykot e'lon qilishgan.     

Vazirlar jo‘r bo‘lib qasamyod matnini o‘qishgan va navbat bilan hujjat matniga imzo qo‘yishgan. Mamlakatning yangi vazirlar mahkamasi avvalgi hukumatdagidan 2 ta ko‘proq vazirlik, ya'ni 18 ta vazirlikdan iborat bo‘ladi. Yangi vazirlar mahkamasi saylanishi oldidan atrof-muhitni muhofaza qilish va Serbiyaning Yevropa bilan integratsiyasi vazirliklari yaratilishi haqidagi qonun qabul qilingan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid