Jahon | 20:38 / 30.06.2017
2532
1 daqiqa o‘qiladi

The Wall Street Journal AQShdan tashqarida bosma versiyasini chiqarishni to‘xtatadi

Amerikalik milliarder Rupert Merdokga tegishli The Wall Street Journal nashri AQShdan tashqarida  bosma versiyasini chiqarishni to‘xtatadi. Kompaniya o‘zining biznes-modelini qayta kirib chiqib, raqamli versiyasini ilgari surishga katta vaqt ajratmoqchi.

Financial Times manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin orada gazetaning bosma versiyasi Osiyo bozoridan yo‘qolishi mumkin. Shuningdek, WSJ unga ega bo‘lishni istagan obunachilargagina yuborilishi mumkin. 

Oxirgi yil Yevropada nashrning internet-versiyasidan foydalanuvchilar soni 48 foizga oshgan. Bosma versiya chiqarilishini to‘xtatish bu segmentda reklama daromadlarining pasayishi va mediabozordagi umumiy tendetsiya bilan bog‘langan: 2016 yilda ko‘pchilik OAV bosma versiyalarida reklamadan olinadigan daromad pasayishini his qilishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid