Xitoyda "Chanchjen-5" og‘ir toifali raketa tashuvchisiga start berildi
Xitoyning og‘ir toifali "Chanchjen-5" raketa tashuvchisi "Shitszyan-18" yo‘ldoshi bilan birgalikda yakshanba kuni Xaynan provinsiyasidagi Venchan kosmodromidan start oldi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi.
Raketa starti yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:23 da bo‘lib o‘tdi. Bu "Chanchjen-5" seriyali raketa tashuvchilarining ikkinchi va "Buyuk parvoz" raketa tashuvchilarining umumiy 250-startidir.
"Shitszyan-18" yo‘ldoshli "Buyuk parvoz-5" raketasi 6 may kuni Venchan kosmodromiga yetkazilgan.
"Chanchjen-5" — Xitoyning eng qudartli yangi avlod raketa tashuvchisi. Uning balandligi 56,97 metr, asosiy bosqichining diametri esa 5 metrni tashkil qiladi. U yer atrofi orbitasiga 25 tonnagacha bo‘lgan yukni olib chiqishga qodir. "Chanchjen-5" loyihasi 2006 yilda XXR Davlat kengashi tomonidan tasdiqlangan. Unga yoqilg‘i sifatida suyuq kislorod va suyuq vodorod qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
11:59 / 05.08.2024
OAV: 150 ming Isroil fuqarosi parvozlar to‘xtatilgani sababli mamlakatga qaytib kela olmayapti
11:20 / 01.08.2024
Isroil mamlakat shimolidagi havo hududini yopdi
18:41 / 12.01.2024
Toshkent-Istanbul yo‘nalishida parvoz qilgan samolyotda yo‘lovchi vafot etdi
22:13 / 19.12.2023