Jahon | 19:47 / 02.07.2017
11632
2 daqiqa o‘qiladi

Xorvatiyada bemor shifokorini avtomatdan otib tashladi

Foto: Miso Lisanin/ ZUMAPRESS.com/ Globallookpress

Yakshanba kuni Xorvatiyaning Rab orolida bemor Serjan Smoyver Kalashnikov avtomatidan psixiatr Sinishu Rakichga qarata o‘q uzgan, psixiatrning ayoli esa derazadan tashqariga sakrab, qutulib qolgan. Jutarnji list shu haqida xabar berdi

Bemor va shifokor Adriatika dengizidagi Rab oroli Barbat qishlog‘ida joylashgan ko‘p xonali uylarning birida bo‘lishgan. Yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:00da Smoyver shifokor Rakichga qarata avtomatdan o‘q uzgan. Psixiatrning turmush o‘rtog‘i ikkinchi qavat derazasidan pastga sakrab, qutulib qolgan. Shundan so‘ng bemor o‘z kvartirasiga qulflanib olib, portlovchi qurilma tayyorlab qo‘yganini aytgan. 

Respublikaning ichki ishlar vazirligi ishtirokchilar ismi va ularning kabsini ko‘rsatmagan holda voqea haqida xabar bergan:

"Politsiya xodimlari kelishi bilan 1969 yilda tug‘ilgan  gumondor ularga qarata bir necha marta o‘q uzgan. Voqea ro‘y bergan joy atrofi o‘rab olingan, politsiyaning maxsus otryadi chaqirilgan. Maxsus otryad kelishi bilan 1966 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchi jasadi olib chiqilgan, o‘lim holati tasdiqlangan", - deyiladi IIV xabarida. 

Idora ma'lumotlariga ko‘ra, jabrlanuvchining 1963 yilda tavallud topgan ayoli xavfsiz joyda. Gumondor bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid