Jahon | 23:43 / 02.07.2017
7708
1 daqiqa o‘qiladi

Livanda suriyalik qochqinlar lageri butkul yonib ketdi

2 iyulda Livanning sharqiy qismida joylashgan suriyalik qochqinlar lagerida yong‘in yuz berdi. Buning oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda VVS telekanali. 

Ma'lum qilinishicha, lagerda yong‘inga uchramagan bor-yo‘g‘i 3 ta chodir qolgan.

"Lagerdan 700 ga yaqin qochqin evakuatsiya qilindi. Guvohlar ma'lumotlariga ko‘ra, 93 ta chodirdan 3 tasigina beshikast qolgan", deb ma'lum qilindi Qizil xochning Livandagi bo‘limida. 

Lager Beka vodiysidagi Kab Alias shahri yaqinida joylashgan bo‘lgan. Ayni vaqtda Livan hududida million nafar suriyalik qochqin qayd qilingan, biroq aslida ularning soni 1,5 mln ga yetishi aytiladi.

Mavzuga oid