Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov Yevgeniy Primakovni qabul qildi
Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati
2017 yilning 3 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi Jamoatchilik palatasi a'zosi, “Rus gumanitar missiyasi” tashkiloti bosh direktori Yevgeniy Primakovni qabul qildi.
TIV matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining ba'zi masalalari madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhokama qilingan.
Yevgeniy Primakov o‘zining O‘zbekistonga tashrifi dasturi to‘g‘risida so‘zlab bergan. Dasturga ko‘ra Savdo-sanoat palatasi, Amir Temur Xalqaro jamg‘armasi, “O‘zbekiston-Rossiya” do‘stlik jamiyatida uchrashuvlar o‘tkazish hamda qator obektlarda bo‘lish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
16:44 / 16.11.2025
“Yangi geosiyosiy mintaqa tug‘ildi” – Abdulaziz Komilov Ozarboyjonning formatga qo‘shilishi haqida
12:20 / 24.10.2025
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida
17:52 / 14.07.2025
Abdulaziz Komilov prezident maslahatchisi lavozimiga tayinlandi
12:12 / 03.06.2025