Jahon | 07:41 / 03.07.2017
4067
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada vertolyot falokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Indoneziyada qutqaruv vertolyotining falokatga uchrashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Assoshieyted Press" axborot agentligi.  

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyot 2 iyun ertalab Seleri vulqoni otilgan Yava oroliga aholini evkuatsiya qilishga yo‘nalayotgan vaqtda falokatga uchragan. 

Politsiyaning ma'lum qilishicha, vertolyotda ekipajning 5 a'zosi va 4 yo‘lovchi bo‘lgan. 

Ma'lum qilinishicha, voqea yuz bergan vaqtda hududda kuchli tuman bo‘lgan va vertolyot ehtimol toqqa urilgan bo‘lishi mumkin. 

Vulqon 2 iyun ertalab Markaziy Yava viloyatida otilgan. Vulqon tashqariga 50 metrlik kul ustunini otgan. Vulqon otilishi oqibatida kamida 10 nafar sayyoh jarohat olgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid