Sport | 15:48 / 03.07.2017
14738
1 daqiqa o‘qiladi

Maradona Rossiya fuqaroligini olmoqchi

Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diyego Maradona Rossiya fuqaroligini olishi mumkin. Bu haqda «Sovetskiy Sport» nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, Lotin Amerikasi fuqarosi Rossiya fuqarolik pasportiga ega bo‘lishni istamoqda. Bu haqda Maradonaga Rossiyada hamrohlik qilayotgan jurnalist nashr manbalariga ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik mutaxassis Rossiyaga «Rossiya futbolni sevadi» harakati taklifiga ko‘ra tashrif buyurgandi. U Moskva va Konfederatsiyalar kubogi finali bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburg shaharlarida bo‘ldi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid