Sport | 21:21 / 03.07.2017
12855
1 daqiqa o‘qiladi

«MYu» «Real» hujumchisi uchun 80 mln yevrodan ortiq bermoqchi emas

Madridning «Real» klubi hujumchisi Alvaro Morataning agenti Xuanma Lopes 3 iyul kuni mijozi bilan birga «Qirollik klubi» rahbarlari bilan uchrashgan, deb yozmoqda As.

Manba bergan xabarga ko‘ra, agent Ispaniya terma jamoasi hujumchisiga «Manchester Yunayted»dan bo‘lgan taklif bilan ularni tanishtirgan. Ammo tomonlar hozircha bir to‘xtamga kela olishmagan. «Qaymoqranglilar» o‘z futbolchisi uchun 80 mln yevrodan ko‘proq ishlab olishni istamoqda. Mankunianlar esa bundan ortiq pul berishni istashmayapti.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Alvaro Morata o‘zining rejalarida borligini aytgandi, biroq hujumchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoaga o‘tish uchun qat'iy qaror qilgan.

Mavzuga oid