Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Niderlandiya savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi
Niderlandiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Regina Veronika Mariya Jons-Bos (qarorgohi Moskva shahrida) O‘zbekiston tashqi savdo vazirligida muzokaralar o‘tkazdi.
Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati bergan xabariga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiya hamkorligining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilishgan.
Uchrashuvda ikki davlat qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ulkan salohiyatga egaligi ta'kidlandi.
Shuningdek, mamlakatlar ishbilarmon doiralari o‘rtasida bevosita aloqalarni yo‘lga qo‘yish mexanizmi, yillik biznes-forumlarni tashkil etish masalalari muhokama qilingan.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
22:32 / 09.06.2026