Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil oxiriga qadar Ashxoboddan Toshkentga reyslar yo‘lga qo‘yiladi
28 va 30 iyun kunlarida Toshkentda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi va «Turkmenistan» aviakompaniyasi vakillari uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda turkman aviatashuvchisining O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuv O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20 may kuni Turkmanistonga uyushtirgan ishchi tashrifi davomida imzolangan kelishuv doirasida tashkil etildi.
Yil oxiriga qadar «Ashxobod-Toshkent-Ashxobod» yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvozlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Milliy aviakompaniya matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuvda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Turkmaniston aviakompaniyasi havo kemalariga xizmat ko‘rsatish va bort oziq-ovqati bilan ta'minlash to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolandi.
Muzokaralarda tashuvga oid hujjatlarni o‘zaro tan olish va har ikki aviatashuvchiga sherik tomonning reyslariga aviachiptalarni rasmiylashtirish huquqini beruvchi tijoriy interlayn-kelishuv loyihasi ham ko‘rib chiqilgan.
Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
11:13 / 12.12.2025
Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi
17:03 / 20.01.2025