Xorijdagi o‘zbekistonliklarning eski pasportlari amal qilish muddati uzaytirildi
O‘zbekistonning xorijda bo‘lib turgan va eski pasportga ega bo‘lgan fuqarolari ushbu shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni 2018 yil 1 iyulga qadar biometrik namunaga almashtirib olishlari mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xalqaro Press-klubda bo‘lib o‘tgan jonli muloqot chog‘ida bayonot berdi.
«TIV tashabbusi bilan xorijda istiqomat qilayotgan va o‘z vaqtida pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirishga ulgurmagan fuqarolar uchun eski pasportlarning amal qilish muddati 2018 yil 1 iyulga qadar uzaytirildi», - dedi Abdulaziz Komilov.
Uning aytishicha, endilikda, xorijdagi o‘zbekistonliklar eski pasportlardan vatanlariga qaytishda rasmiy o‘tish hujjati sifatida foydalanishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
11:10 / 14.08.2024
Abdulaziz Komilov: «Qo‘shnilar bilan hech qanday muammo bo‘lmasligiga erishish – tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishi»
15:50 / 20.01.2024
Abdulaziz Komilov Bryusselda YeK rahbarining bosh maslahatchisi bilan uchrashdi
12:52 / 20.01.2024