Qirg‘izistonda prezidentlikka 13 kishi da'vogarlik qilmoqda
4 iyulda Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasiga mamlakat prezidenti lavozimiga nomzod sifatida o‘zini qo‘yish bo‘yicha 13 ta ariza kelib tushdi. Ular orasida sobiq bosh vazir, "Respublika - Ata-Jurt" partiyasi yetakchisi Omurbek Babanov ham bor.
Babanovning aytishicha, Qirg‘iziston farovonlik indeksi bo‘yicha yashash uchun eng yaxshi davlatlar o‘ntaligiga kirishi kerak. Respublikadagi barcha muammolarning yechimi iqtisodiyotdir. Iqtisodiyot – ot, siyosat – arava. Aksi emas. Davlat raqib ham, regulyator ham bo‘lishi kerak emas, u biznes va jamiyat uchun teng huquqli sherik bo‘lishi kerak".
Nomzodlar orasida Qirg‘iziston moliya vaziri Temir Sariyev va Bakit Torobayev ham bor.
Qirg‘iziston prezidenti saylovlari 2017 yil 15 oktabrga belgilangan. Nomzodlardan arizalar olinishi 15 avgustda yakunlanadi. Saylovoldi tashviqoti 10 sentabrdan 14 oktabrgacha davom etadi.
Mavzuga oid
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024