Sport | 18:19 / 05.07.2017
15921
1 daqiqa o‘qiladi
Mourino «Manchester Yunayted»ni shantaj qilmoqda
«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino klub rahbariyatiga o‘z talabini bildirdi. U «Manchester Yunayted» transfer bozorida juda sekin harakat qilayotganidan norozi bo‘lmoqda.
The Mirror xabariga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy 6 iyulga qadar klub «Real»dan Alvaro Moratani sotib olishini istamoqda.
Bu futbolchining transferi borasida klublar kelisha olishmayapti. «Real» 23 yoshli hujumchi uchun 90 million yevro olishni istaydi, «Manchester Yunayted» esa buncha to‘lay olmasligini bildirmoqda.
Bundan avvalroq madridliklar manchesterliklarning 80 million yevrolik taklifini rad etgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
12:56 / 22.09.2024
«Real»da yana bir jarohat, «MYu»da omadsizlik. Kun o‘yinlari
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
14:06 / 08.09.2024