Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Tramp prezidentligining har beshinchi kunini golf o‘ynab o‘tkazgan
AQSh prezidenti Donald Tramp shu kungacha o‘z prezidentligining har beshinchi kunini golf-klublarda o‘tkazgan. Bu haqda Trampning inauguratsiyasidan keyin uning golf-klublarga tashriflarini kuzatib borgan NBC News xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Tramp prezidentligining 165 kunidan 36 kunini golf o‘ynab o‘tkazgan. Asosan Tramp Florida shtatidagi Palm-Bichda golf o‘ynaydi. U, shuningdek, o‘zining Nyu-Jyersi va Vashingtondagi golf maydonlariga ham tashrif buyurib turadi.
The Hill nashrining ma'lum qilishicha, Tramp 4 iyul – AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan dam olish kunini ham golf-klubda o‘tkazmoqchi bo‘lgan.
Ba'zi mansabdor shaxslarning fikricha, Tramp golf o‘yinini diplomatiya quroli sifatida ishlatadi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
11:52 / 05.06.2023
7 iyundan O‘zbekiston prezidentligiga saylovoldi tashviqotlari boshlanadi
15:08 / 02.06.2023