Sport | 18:06 / 05.07.2017
6420
1 daqiqa o‘qiladi

«Real» «MYu»ning Alvaro Morata uchun navbatdagi taklifini rad etdi

Madridning «Real» klubi «Manchester Yunayted» tomonidan hujumchi Alvaro Morataga bildirilgan 80 million yevrolik taklifini rad etdi. Bu haqda Goal.com internet-nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, madridliklar futbolchi uchun bundan ancha katta bo‘lgan miqdordagi mablag‘ni ishlab olishni ko‘zlagan.

«Manchester Yunayted» oldingi taklifini sezilarli ravishda yaxshilab, taklif miqdorini 70 dan  80 million yevroga oshirgan, biroq ular yana bir marotaba rad javobi olishgan.

Futbolchining o‘zi klub mutasaddilariga jamoani tark etish istagida ekanini ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Real» futbolchi uchun 80 million yevro so‘rayotgani va bu summani kamaytirmasligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid