Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida "Nabiramga bir kitob" aksiyasi o‘tkazildi
Toshkent viloyatining respublikada amalga oshirilayotgan keng qamrovli o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shishni istagan, “Jaholatga qarshi ma'rifat” shiori ostidagi ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishni niyat qilgan nuroniy otaxon va onaxonlari (bugungi kunda 250 mingga yaqin yoshlik bo‘yicha nafaqaxo‘rlar bor) “Nabiramga bir kitob” aksiyasi tashabbusi bilan chiqishdi. Ular 5 iyul kuni Toshkent viloyatining ma'muriy markazi - O‘rta Chirchiq tumanidagi “Ma'naviyat va ma'rifat” markazida bo‘lib o‘tgan (2017 yil 5 iyul soat 10 00 dagi) tadbirda faol ishtirok etishdi.
Tadbirda nuroniylar kitob yaramarkasiga tashrif buyurgan kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga hamda radikal oqimlarlar ta'siriga tushgan oilalarning farzandlariga ularni qiziktirgan mavzularga doir kitoblarni sovg‘a qilishdi.

Viloyat nuroniylari yil davomida kamida 2 nafardan bolalarni (nabiralarini) kitobga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda viloyat hududidagi kitob do‘konlari va kutubxonlarga yoshlarni jalb qilishga yordam berishni o‘zlariga vazifa qilib olishdi.
Mavzuga oid
07:34 / 05.05.2026
Ugom daryosi davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e’lon qilindi
10:57 / 27.04.2026
Angrenga kirishda yuk mashinasi 4 ta yengil mashinani urib ketdi, qurbonlar va yaradorlar bor
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
13:51 / 24.04.2026