Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada toshqinlardan keyin kamida 15 kishi bedarak yo‘qoldi
Yaponiya janubida kuchli yomg‘irlar sababli yuzaga kelgan toshqinlarda 15 kishi bedarak yo‘qoldi.
Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yesixide Suganing matbuot-anjumanida ma'lum qilishicha, "topilmayotgan odamlar haqida ko‘plab xabarlar kelib tushmoqda".
U tabiiy ofat bilan kurashga 7,5 ming harbiy, politsiyachi va qutqaruvchilar jalb qilinganini ma'lum qildi. 40 ta vertolyot shoshilinch parvozlarga shay holatga keltirilgan.
Yaponiya bosh vaziri o‘rinbosari Taro Aso Kyusyu orolida favqulodda vaziyat shakllanganini e'lon qilgan.
Infratuzilma obektlari, yo‘llar, turar joy binolari va boshqa inshootlarga ancha ziyon yetgan. Aholining bir qismi suv bilan to‘sib qo‘yilgan. Hozircha hukumat ko‘rilgan talofat qiymatini hisob-kitob qila olmayapti.
Meteorologlar yomg‘irlarning 7 iyulgacha davom etishi sababli vaziyatning yomonlashishi, ko‘chkilar yuz berishi, daryolar o‘zanlaridan chiqishidan ogohlantirmoqdalar.
Ayni vaqtda evakuatsiya qilinish haqidagi ogohlantirishni Fukuoka va Oita prefekturalarining 550 mingdan ko‘proq aholisi olgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026