Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV Ronaldu jamoasini o‘zgartirish harakatida yurganidan xabar topdi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining Ibitsadagi ta'tili vaqtida «PSJ» klubi prezidenti Nosir al-Xalayfiy bilan sirli ravishda ko‘rishgan va o‘zining jamoaga o‘tishi masalasini muhokama qilgan. Bu haqda Ispaniyaning Okdiario nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, al-Xalayfiy 32 yoshli futbolchining agenti Jorjye Mendesh va «Real» prezidenti Florentino Peres bilan yaxshi aloqada bo‘lib keladi. «PSJ» prezidenti Ibitsadagi yaxtasida Ronaldu bilan ko‘rishgan va uning bo‘lajak transferi masalasini muhokama qilib olgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Krishtianu Ronaldu soliqlarni bo‘yin tovlashda ayblanib, qamoq xavfi ostida qolayotgandi. Futbolchi qamoqdan qutulib qolish maqsadida belgilangan 14,8 mln yevroni to‘lashga tayyorligini bildirgan. Shuningdek futbolchi bu vaziyatda klub uni qo‘llab-quvvatlamayotganidan norozi bo‘lib jamoani tark etmoqchi ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:47 / 08.05.2026
«Real» ikki futbolchisini mushtlashgani uchun 500 ming yevro jarimaga tortdi
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026