O‘zbekiston | 19:44 / 06.07.2017
7366
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Tojikiston bo‘lajak uchrashuvlar jadvalini muhokama qildi

Bugun, 6 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tojikiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berishicha, uchrashuv chog‘ida ikki tomon munosabatlarining ayrim masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Muzokaralar davomida turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuvlari jadvali ham muhokama qilingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid