Jahon | 21:50 / 07.07.2017
33262
2 daqiqa o‘qiladi

Yakunlandi. Uchrashuv rejadagidan ancha ko‘p vaqtga cho‘zildi

Foto: TASS

Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Donald Trampning Hamburgdagi G20 sammiti doirasidagi ilk muzokaralari yakunlandi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, avvaliga 30 daqiqa davom etishi kutilgan uchrashuv 2 soatu 20 daqiqaga cho‘zilgan.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida grafikdan chiqib ketilgan: Vladimir Putin amerikalik hamkasbi bilan uchrashuvga bir soatga yaqin vaqt ajratgandi, Oq uy esa yarim soat.

Muzokaralr Toshkent vaqti bilan soat 19:10da boshlandi va rejadagidan bir yarim soat keyin tugadi.

Jurnalistlar ikki siyosatchi uchrashuvidagi dastlabki ikki daqiqanigina kuzata olishdi. Ikki tomonlama uchrashuvda davlat rahbarlaridan tashqari, AQSh Davlat departamenti boshlig‘i Reks Tillerson hamda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ishtirok etdi.

Moskva tomoni Putin va Tramp G20 sammiti doirasida uchrashishi rejasi haqida bir necha oylardan buyon bildirib kelayotgandi. Tomonlar iyun oyi oxiridagina kelishuvga erishishdi. Rossiya va Amerika davlatlari prezidentlariga uchrashuv uchun maydonni bungacha bir necha davlatlar, jumladan Finlyandiya va Sloveniya taklif qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid