Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Hamburgda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammitida ishtirok etish uchun Germaniyaning Hamburg shahriga keldi. Rossiya rahbari sammit doirasida o‘ndan ortiq davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Sammit 7-8 iyul kunlari mobaynida bo‘lib o‘tadi. Rossiya prezidenti turli mavzularga bag‘ishlangan ishchi yig‘ilishlarda va terrorizmga qarshi kurash masalasidagi uchrashuvlarda qatnashadi.
Bu sammitdagi asosiy voqea Putinning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi bo‘lishi kutilmoqda. U Fransiya, Germaniya, Turkiya, Yaponiya va Avstraliya rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.
Sammit arafasida Germaniyadagi Handelsblatt gazetasi Putinning xalqaro maydondagi hamkorlik haqidagi fikrlari keltirilgan maqolani chop etdi. Putinning fikricha, G20 o‘tgan yillar mobaynida ko‘plab masalalarni hal qildi va moliyaviy-iqtisodiy inqirozlar oqibatlariga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mavzuga oid
19:04
«Zarar bor» – Putin Ukraina hujumlari, benzin taqchilligi va Ankorij kelishuvi haqida
18:39
«O‘zlariga qaytayotgan urush realligi» – Rossiya yana dronlar hujumiga uchradi
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
21:15 / 23.06.2026