Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TATUda forma kiygan «zaychiklar» qo‘lga tushdi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlarini o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma'lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish (identifikatsiya) va boshqarish tizimini joriy etgan. Bu haqda universitet saytida ma'lumotlar berilgandi.



5 iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining 450 nafar abituriyenti uchun test imtihonlari o‘tkazildi.
Biometrik va pasport ma'lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida «Zaychik» abituriyentlar aniqlandi, deb xabar berildi universitetning Facebook’dagi sahifasida.

Xalq orasida «Zaychik» deya ataluvchi abituriyentlar «biometrik tizimni aldayman» degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo‘lgan, natijada esa 16 ta «zaychik» qopqonga tushdi.

Shuningdek 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlanib, test jarayoniga kiritilmadi.

Diplom muqovasi ichiga konspiratsiya – ya'ni yashirilgan telefonlar ham aniqlandi.


Mavzuga oid
10:50 / 02.05.2025
Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin
14:50 / 01.05.2025
TATU Urganch filiali Urganch davlat universitetiga qo‘shib yuboriladi
18:52 / 13.08.2024
“Talabalarim oldida uyalib qolmaslik uchun til o‘rgandim” – 67 yoshida ingliz tilidan B2 darajasini olgan otaxon
19:00 / 10.04.2023