Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyalik rahbar ish stolida 25 ming yevro topib oldi
Italiyaning Valle-D’Aosta avtonom viloyati prezidenti o‘zining ish stolida 25 ming yevro topib oldi va bu haqida politsiyaga xabar berdi. Bu xabarni Quotidiano.net portali ma'lum qildi.
Perluidji Markuis joriy yilning mart oyidan boshlab viloyat rahbari lavozimiga o‘tgan. U Valle-D’Aostuni 10 yil davomida boshqarib kelgan Augusto Rollandin o‘rnini egallagan.
Konvertga solingan pullar va bir necha hujjatlar ish stoli ostida qoldirilgan. Ularni 22 iyun kuni Markuis xonasini ta'mirlash vaqtida topishgan. U darhol bu sirli pullar haqida politsiyaga xabar bergan.
Katta miqdordagi pul nima sababdan qoldirilganligi uning ishlab chiqarilgan sanasi hamda hujjatlarni o‘rganish orqali aniqlanmoqda. Mahalliy prokuratura tergov ishlarini boshlab yuborgan.
Mavzuga oid
14:24 / 06.12.2025
O‘zbekistonga kelgan Italiya fuqarolari soni bir yilda qariyb 5 mingga ko‘paydi
15:05 / 28.11.2025
Italiya Nord Stream ishi bo‘yicha gumonlanuvchini Germaniyaga topshirdi
22:08 / 20.11.2025
So‘nggi yo‘llanmalar uchun kurash: Italiya va Turkiya raqiblarini bilib oldi
11:39 / 20.11.2025