Putin Navalniy bilan muloqot qilishi ehtimoli bo‘yicha savolga javob qaytardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Hamburgda bo‘lib o‘tgan «Katta yigirmalik» sammiti yakunlari bo‘yicha chiqishi vaqtida jurnalistlarning ko‘pdan-ko‘p savollariga javob berib o‘tdi.
Jurnalistlardan biri undan Aleksey Navalniy bilan dialog o‘tkazilishi imkoniyatlari bo‘yicha so‘radi. Unga javoban Putin o‘ziga e'tibor qaratishni istaydiganlar bilan muloqot o‘zi uchun qiziqarli emasligini aytgan.
«Biz kun tartibiga oid konstruktiv taklif bilan chiqqan kishilar bilan prezidentlik yoki hukumat darajasida muloqot o‘tkazishimiz mumkin. Agar gap o‘ziga e'tibor qaratish to‘g‘risida ketsa, bunday muloqot bizga qiziq bo‘lmaydi», — deya qayd etgan prezident.
Iyun oyida Rossiya rahbari Navalniy va uning Korrupsiyaga qarshi fondi tomonidan mamlakatning turli hududlarida tashkil qilingan norozilik aksiyalariga (ularning aksari hukumat roziligisiz o‘tkazilgan) munosabat bildira turib, bunday marosimlar «hamisha demokratik protsedura asosida o‘tkazilishi», lekin namoyishlar o‘tkazilishi tartibi qonunga mos kelishi zarurligini ta'kidlagandi. Shu bilan birga u «o‘zini reklama qilish xarakteri»dagi mitinglarga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytib o‘tgandi.
Muxolifatchi Aleksey Navalniy 2018 yil martida o‘tkaziladigan Rossiya prezidentligi uchun saylovlarda qatnashmoqchi ekanini e'lon qilgan. Lekin Markaziy saylov komissiyasi ushbu muxolifatchi sudlangani uchun saylovda nomzod sifatida qatnasha olmasligini ma'lum qilgan: 2017 yil fevralida Lenin tumani sudi ushbu siyosatchini moliyaviy jinoyat uchun shartli ravishda 5 yilga ozodlikdan mahrum etgan.
Vladimir Putin «Katta yigirmalik» sammiti yakunlari bo‘yicha chiqish qildi
Mavzuga oid
17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33 / 23.11.2024
Merkel: Menda hech qachon Putin bo‘yicha illyuziyalar bo‘lmagan
12:21 / 23.11.2024
Putin: Rossiya jangda «Oreshnik» raketasini sinovdan o‘tkazishda davom etadi
23:44 / 22.11.2024