Jahon | 18:30 / 09.07.2017
7249
1 daqiqa o‘qiladi

Vetnamda kontrabandachidan 3 tonnaga yaqin fil suyagi olib qo‘yildi

© AP Photo / Sakchai Lalit

Vetnam huquq-tartibot organlari mamlakatning markaziy qismida joylashgan Tanghua provinsiyasida istiqomat qiluvchi kontrabandachidan 2,7 tonna fil suyagini musodara qilib, olib qo‘ygan, deb yozadi mahalliy Tuoi Tre nashri.

Politsiyachilar avtotrassada mamlakat poytaxti Hanoy tomon ketayotgan shubhali yuk mashinasini to‘xtatishgan. Fil suyaklari mashinaga yuklangan mevalar ostida yashirib qo‘yilgani aniqlangan.

Fil suyagi, karkidon shoxi yoki bir paytlar janubiy-sharqiy Osiyo va janubiy Afrikada keng tarqalgan zirhli chumolixo‘rning yo‘qolib borayotgan turi — pangolin terisidan yasalgan narsalarga ega bo‘lish bir qator Osiyo davlatlari, jumladan, Xitoy, Koreya va Vetnamdagi kibor davralarda nufuz ramzi hisoblanadi.

Mavzuga oid