Beeline Toshkent viloyatida 20dan ziyod baza stansiyalarini ishga tushirdi
Aloqa operatori Beeline O‘zbekistonning barcha hududlarida tarmoq hajmi va qamrov doirasini kengaytirishda davom etmoqda. Oyning boshidan Toshkent viloyatida uchinchi avlod tarmog‘ida ishlaydigan 20dan ziyod tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.
Tayanch stansiyalari Toshkent viloyatining Alisher Navoiy, Qorasuv, Oq-Ota, Ko‘ksaroy, Surankent, Tolovul, Toshtug‘on, Xasanboy, Shoralisoy, Erkinlik va Yangi Qo‘rg‘on aholi punktlarida ishga tushirildi.
Tarmoq infratuzilmasining yangi obektlari Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on, Bekobod, Buka, Zangiota, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tumanlarida 3G tarmog‘i doirasini kengaytirish va aloqa sifatini yaxshilashga imkon yaratdi.
Mavzuga oid
18:00 / 31.07.2024
Beeline TV EURO 2024 bo‘yicha 4 million tomosha to‘pladi
14:55 / 18.06.2024
Beeline Uzbekistan ishida uzilishlar kuzatilmoqda
20:27 / 26.03.2024
VEON “Beeline Qirg‘iziston”dagi ulushini sotmoqda
15:56 / 19.03.2024