Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Real»da sardor o‘rinbosari bo‘ladi
«Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaning vitse-sardoriga aylanadi.
Sardorlik bog‘ichi Serxio Ramosda qoladi va unga Marselo o‘rinbosarlik qiladi.
Jamoadan Pepe ketgani uchun, uning o‘rnini Ronaldu egallagan. Ramos va Marselo o‘yinga tusha olmasa, jamoani aynan Ronaldu maydonga boshlab tushadi.
2009 yildan buyon madridliklar safida to‘p surib kelayotgan Ronaldu 2013 yil 6 yanvarida ilk marta sardorlik bog‘ichini taqqandi. O‘shanda «Real Sosedad»ga qarshi kechgan va 4:3 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan oldin sardor Iker Kasilyas va uning o‘rinbosari Gonsalo Iguain zaxirada qolgan, Ramos va Marselo o‘yin zayavkasiga ham kiritilmagandi.
AS nashrida xabar qilinishicha, Ronaldu yakuniy qarorlarni qabul qilishda ishtirok etadi. U klub prezidenti Florentino Peres bilan muntazam ravishda uchrashib boradi va Ramos hamda Marselo bilan birga muhim masalalarni muhokama qiladi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, jamoada to‘rtinchi sardor vazifasini Karim Benzema bajaradi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026