Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada NATOning birinchi vakolatxonasi ochildi
Ukraina bosh vazirining Yevropa va Yevroatlantika intergatsiyasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ivanna Klimpush-Tsintsadze va NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Kiyevda Shimoliy Atlantika alyansining yangi vakolatxonasini ochishdi. Bu haqda UNN xabar bermoqda.
«NATO sherik-davlatda o‘zining shunday ilk noyob diplomatik vakolatxonasini ochmoqda. Bu alohida maqomda ega bo‘lgan mamlakatda amalga oshirilmoqda», - degan Klimpush-Tsintsadze.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainada rus harbiy xizmatchilari yo‘qligi haqida ma'lum qilgandi.