Jahon | 19:00 / 11.07.2017
6393
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh va Qatar terrorizmni moliyalashtirish bilan kurash to‘g‘risidagi bitimni imzoladi

AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Qatarga tashrifi doirasida Vashington va Doha terrorizm hamda uni moliyalashtirish bilan kurash bo‘yicha bitimni imzoladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

«Qatar va AQSh hamkorlik haqidagi bayonnomani imzoladi, u Qatarning terrorizm va uni moliyalashtirish bilan kurash borasidagi o‘z uslublarini to‘g‘irlash bo‘yicha sa'y-harakatini tasvirlaydi», - deya ta'kidlab o‘tgan Tillerson vakili.

Avvalroq Tillerson Qatarni boykot qilayotgan davlatlar TIV rahbarlari bilan uchrashishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid