O‘zbekiston | 15:00 / 11.07.2017
23164
3 daqiqa o‘qiladi

Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi o‘zgardi

Foto: RIA "Novosti"

Davlat bojxona qo‘mitasining qarori bilan Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Yo‘riqnomadan “Navoiy” erkin iqtisodiy industrial zonasi bilan bog‘liq BYuDni to‘ldirishning xususiyatlari chiqarib  tashlandi:

•  “Navoiy” EIZdan olib kirilib, erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotgan hamda bir xil TIF TN kodlari bilan tasniflanayotgan, lekin turli nom, tovar belgilari, marka, model, texnik tavsifga ega bo‘lgan, o‘z ehtiyoji uchun mo‘ljallanmagan iste'mol tovarlarini turli tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalamaslik imkoniyati.
•  “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish qoidalariga muvofiq “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasida tovarlarni deklaratsiyalashda Yo‘riqnoma talablarini inobatga olish.

Shuningdek o‘rnatilishicha, dori vositalari va tibbiyot maqsadidagi buyumlarni keyinchalik sotish uchun farmatsevtika mahsulotlari va tibbiyot maqsadidagi buyumlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimida olib kirayotgan tashkilotlar savdo nomlari, xalqaro patentlanmagan nomlar, modellar, texnik tavsiflar, dori-darmonlarni chiqarish shakllarini, dozirovkasi, ishlab chiqaruvchi  va ishlab chiqarish mamlakatini majburiy tarzda ko‘rsatgan holda ularni BYuDda deklaratsiyalaydilar. Bunda, bir BYuDda yuqorida keltirilgan parametrlardan hech bo‘lmaganda biri bilan tafovut qiladigan tovarlar rasmiylashtirilgan taqdirda ular farqli tovarlar sifatida alohida deklaratsiyalanadi.

BYuDning 20-grafasida (“Yetkazib berish shartlari”) qo‘llanilayotgan hisob-kitob shakllarining yangi ikki raqamli kodi joriy qilindi – “50” – eksport fakti bo‘yicha.

Aniqlashtirilishicha, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimidan so‘ng qayta ishlash mahsulotlarini, bojxona hududida qayta ishlash uchun reeksport bojxona rejimida olib kirilgan tovar, tovarning chiqindilari va qoldiqlarini qaytarib olib chiqib ketishda mutaxassis BYuDni Yo‘riqnomaning 4 bobi emas, balki 6 bobiga muvofiq to‘ldiradi.

Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirishda foydalaniladigan hujjatlar va ma'lumotlar turlari tasniflagichida gigiyena sertifikati chiqarib tashlandi (faqat sanitariya-epidemiologiya xulosasi qoldirildi). Shuningdek yuklab jo‘natishdan oldingi inspeksiya dalolatnomasi va bojxona qiymatini aniqlash usuli qo‘shildi.

Mavzuga oid