Jahon | 18:05 / 11.07.2017
22090
1 daqiqa o‘qiladi

Meksikada yer 250 darajagacha qizib ketdi

Meksikaning Michoakan shtatida joylashgan futbol maydonidagi yer 250 darajaga qadar qizib ketdi, yoriqlardan bug‘ chiqmoqda. Bu Pueblo-Vexo aholi punktida yuz bergan. Futbol maydonida o‘tlab yurgan ikkita qo‘zi halok bo‘ldi.

Mutaxassislar hozircha yer qobig‘ining hech qanday faolligini tasdiqlashmadi, deb xabar bermoqda RIA «Novosti». Bu vulqon shakllangani imkoniyatini istisno etmaydi.

Meksika hududida yerdagi eng yosh vulqon Parikutin joylashgan. U Michoakandagi makkajo‘xori maydonining o‘zida 1943 yilda paydo bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid