Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentlik qiz Marvel’ning yangi serialida rol ijro etadi
Toshkentda tug‘ilgan aktrisa Milana Vayntrub Marvel’ning «Yangi jangchilar» serialida rol ijro etadi, deb xabar bermoqda The Hollywood Reporter. Shou Freeform kanalida efirga uzatiladi.
Loyiha superqahramonlarga bag‘ishlangan bo‘lib, Vayntrub Dorin Grin – qiz-olmaxon obrazini yaratadi.
«Yangi jangchilar» 10 qismdan iborat bo‘ladi. Ularda tomoshabinlarga o‘zlarining o‘ta kuchli qobiliyatlarini boshqarishni o‘rganuvchi olti yigit-qiz haqida hikoya qilinadi.
Serialda shuningdek Derek Teler, Jyeremi Tardi, Kelam Uorti, Mettyu Moy va Keyt Komer ham suratga tushishadi.
Serial 2018 yilda taqdim etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026