Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huquq himoyachilari Trampni sudga berishdi
Foto: AFP
Amerika fuqaro erkinliklarini himoya qilish ittifoqi AQSh prezidenti Donald Tramp va vitse-prezident Mayk Pens, shuningdek Amerika yetakchisi tomonidan tashkil etilgan adolatli saylovlar bo‘yicha komissiya bilan sudlashishga qaror qildi. Bu haqda tashkilot saytida aytiladi.
Da'vo arizasida aytilishicha, javobgarlar federal maslahatlashuv qo‘mitasining (FACA) “ikki munosabat” to‘g‘risidagi aktini buzishgan.
Shuningdek, ma'lum qilinishicha, Trampning o‘zi FACA’ning “maslahatlashuv qo‘mitasi a'zolik tarkibi barqaror bo‘lishiga oid” talablarini buzgan.
Bundan tashqari, shikoyatda ko‘rsatilishicha, adolatli saylovlar bo‘yicha komissiya “shaffoflik va ochiqlik talablarini buzib bo‘lgan”. Shuningdek, komissiya o‘zining ilk yig‘ilishini hech kimga bildirmay o‘tkazgani aytildi.
Mavzuga oid
23:48 / 10.05.2026
Eron AQShning so‘nggi tinchlik taklifiga javob qaytardi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026