Jahon | 10:01 / 12.07.2017
7937
1 daqiqa o‘qiladi

Atamboyev Qirg‘izistonni biznes uchun "eng yaxshi joy" deb atadi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev AQShning yirik korporatsiyalari vakillari bilan uchrashuvda mamlakatni biznes uchun “jannat” deb atadi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Bishkekda Qirg‘iziston-AQSh birinchi biznes-forumi bo‘lib o‘tmoqda, unda Amerikaning yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.

“Qirg‘iziston biznes uchun “jannat”ga, halol va shaffof ishlab, sarmoya kiritish hamda katta mablag‘larni ishlab topish mumkin bo‘lgan erkin davlatga aylanib bormoqda”, - degan Atamboyev.

Qirg‘iziston prezidenti Amerikaning yirik biznesi vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta'kidlab o‘tdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika ishbilarmon doira vakillarining kelishi rivojlangan davlatlar biznesining Bishkek bilan hamkorlikka qiziqishi ortib borayotganidan dalolat beradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid