Jahon | 23:10 / 12.07.2017
7164
3 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: Turkiya Yevropa Ittifoqiga yana biroz vaqt beradi

Foto: russian.rt.com

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BBC kanaliga Turkiya Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lmasdan ham bemalol yashay olishini, chunki iqtisodiy jihatdan davlat mustahkam asosga egaligini aytgan. Erdo‘g‘an, shuningdek, turk xalqining katta qismi Yevropa Ittifoqiga uning noxolis yondashuvi sababli boshqa kirishni istamayotganini, biroq Anqara Bryussel bilan yana ancha vaqt "samimiy bo‘lish"ga tayyorligini ta'kidlab o‘tgan.

"Nima deb o‘ylaysiz, Turkiyaga YeI bilan birga bo‘lish yoki bo‘lmaslik yaxshimi? Sizning bu boradagi fikringiz?" deb so‘ragan kanal Erdo‘g‘andan.

"Biz o‘z so‘zimizga sodiqmiz. Agar Yevropa Ittifoqi Turkiyani qabul qila olmasligini ochiqcha aytsa, bu bizni dadillashtiradi. Unda biz V va S rejalarga o‘tamiz. Yevropa Ittifoqi – biz usiz yashay olmaydigan narsa emas. Turkiya o‘z oyoqlarida tura oladi. Hozirda bizning aholi jon boshiga daromadimiz 11 ming dollardan ko‘proqni tashkil qiladi. Biz bu borada osoyishtamiz", deb javob bergan Erdo‘g‘an. 

"Janob prezident, bu shunday yangramoqdaki, siz Turkiya Yevropa Ittifoqiga kirmasa yaxshiroq bo‘ladi, deb o‘ylamoqdasiz? Yoki unday emasmi?" degan navbatdagi savolga Erdo‘g‘an quyidagicha javob bergan:  

"Bir marta, mening bosh vazir sifatidagi birinchi muddatimda, Turkiyani Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammiti vaqtida tinch inqilobni amalga oshirgan davlat deb atashgan. Xalqimning katta qismi Yevropa Ittifoqini boshqa istamayapti. Ularning fikricha, Yevropa Ittifoqining Turkiyaga nisbatan yondashuvi xolis emas. Biroq shularga qaramasdan, biz Yevropa Ittifoqi bilan samimiy bo‘lishda davom etamiz. Ko‘ramiz, bu nima olib kelarkin?".   

Erdo‘g‘anning intervyusi 12 iyulda efirga uzatiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid