«Abu-Saxiy» bozorida telefon o‘marish bilan shug‘ullangan ayollar ushlandi
Toshkentning «Abu-Saxiy» bozorida telefon o‘g‘riligi va pullarni o‘marish bilan shug‘ullangan ikki ayol ushlandi. Toshkent IIBB matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, 2017 yilning 8 iyul kuni Kattabekova Hayot va Aripova Sevaralar Chilonzor tumanidagi «Abu-Saxiy» bozorida savdo qilayotgan Turopovaga tegishli 1 mln 2 yuz ming so‘mlik «Samsung Galaxy J2», Boboyevaga tegishli 1 mln 3 yuz ming so‘mlik «Samsung Galaxy Duos» telefonini va Yaminovga tegishli 1 mln 4 ming so‘m naqd pullarni talon-taroj qilishib, voqea joyidan yashirinishgan. Ikki o‘g‘ri dugona pul va telefonlar savdo rastalarida qarovsiz qoldirilganligidan foydalanib, xufyona o‘g‘rilik qilishgan.
Shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida Kattabekova Hayot va Aripova Sevaralar qo‘lga olinib, ulardan telefon apparatlari va naqd pullar daliliy ashyolar sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani Ichki Ishlar Boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (ya'ni, o‘g‘irlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, ayblanuvchilarning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. Shu munosabat bilan, bu kabi voqealardan jabrlanganlar bo‘lsa, ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlari yoki 102 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
10:47
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
20:44 / 06.11.2024
Toshkentda metro stansiyasida hojatini chiqargan erkak bo‘yicha ma’lumot berildi
13:06 / 06.11.2024