Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Avtoustoz»dagi firibgarlar ushlandi
2017 yilning 7 iyul kuni «Avtoustoz» MChJda avtomobil boshqarishni o‘rgatuvchilar Muqsimov Doniyor va Nosirov Yunuslar Shayxontoxur tumani hududida fuqaro Hakimova va Asadovaga haydovchilik guvohnomasini olib berishga va'da berishgan. Ular, Toshkent IIBBdagi brifingda ma'lum qilinishicha, yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘quv mashg‘ulotlariga bormasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishlarini aytishgan.

Shu bilan jabrdiydalardan 6 mln 760 ming so‘m miqdordagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtda IIBB xodimlari tomonidan daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan JK kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, fuqaro Muqsimov va Nosirovlarning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
13:58 / 25.04.2026
IIB tezkor xodimi Sanjar Karimovning uyidagi tintuvda uning buyumini olib ketgani ma’lum bo‘ldi
19:59 / 24.04.2026
Namanganda fuqaroni qiynoqqa solgan IIB xodimlari qamaldi
08:40 / 12.04.2026
Qarz laqabli pora, IIBdagi “plan” va Sindorovning rekordi - hafta dayjesti
19:10 / 09.04.2026