Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘rish tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxati e'lon qilindi
Axborot va ommaviy kommunikatsiya sohasida ekspert komissiyasi O‘zbekistonga olib kirish, nusxa ko‘chirish va tarqatish tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxatini tasdiqladi.
Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, ushbu ro‘yxatdan syujyetida zo‘ravonlik, shafqatsizlik, vahshiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste'molini, shuningdek axloqiy buzuqlik, yengiltabiatlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ‘ib qiluvchi sahnalar bo‘lgan 225ta xorijiy kinofilm o‘rin olgan.
Ro‘yxatdan «La'nat» (The Curse), «Astral» (Insidious), «Juda qo‘rqinchli kino» (Scary Movie), «Arra» (Pila), «Tepaliklarning ko‘zlari bor» (The hills have eyes), «Yovuzlik maskani» (Resident evil) va boshqa film hamda seriallar o‘rin olgan.
To‘liq ro‘yxat ushbu havolada keltirilgan.
Mavzuga oid
16:20 / 29.04.2026
Denovda «Shakki» laqabli zo‘ravon bir yigitni urib o‘ldirgani aytilmoqda
17:40 / 25.04.2026
Samarqandda vasiy ayol qizaloqlarga zo‘ravonlik qildi
11:32 / 20.04.2026
Voyaga yetmaganlar xavfsizligiga doir yangi huquqiy normalar joriy etildi
16:19 / 10.04.2026