Jamiyat | 12:07 / 13.07.2017
22562
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada 7 nafar o‘zbekistonlik yong‘in qurboniga aylandi

Arxiv foto/ RIA "Novosti"

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi angarda payshanba kuniga o‘tar kechasi ro‘y bergan yong‘in natijasida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda TASS tezkor xizmatlardagi manbalarga asosan xabar tarqatdi.

Yonib ketgan angar konstruksiyasini ajratish paytida jasadlar aniqlangan, u yerda yo‘lka plitalari ishlab chiqarilgani aytilmoqda.

Ta'kidlanishicha, yong‘inning umumiy maydoni 600 kv. m.ga teng bo‘lgan. Hodisaga nima sabab bo‘lgani va halok bo‘lganlar shaxsi hozircha aniqlanmadi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolaridir.

Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha boshqarmasi jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid