Jahon | 11:07 / 13.07.2017
8372
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada zilzila yuz berdi

Shimoliy Koreyaning sharqiy qirg‘oqlarida payshanbaga o‘tar kechasi 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda "Ryonxap" axborot agentligi AQSh Geologiya xizmatiga asosan. Boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, yer silkinishi magnitudasi 6 ga teng bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Zilzila markazi Xitoy bilan chegaradan uncha uzoq bo‘lmagan yerdagi Nason shahridan 193 kilometr masofada bo‘lgan hamda 538 kilometrlik yer tubida joylashgan, deyiladi xabarda.

Pentagondagilarning ma'lum qilishicha, zilzila KXDRdagi yadro sinovlari bilan bog‘liq emas.

Shimoliy Koreya qator raketalar uchirgani va Amerika-Janubiy Koreya harbiy mashqlari o‘tkazilishi tufayli, Janubi Koreyada Pxenyanning yangi – beshinchi yadro sinovidan jiddiy tarzda xavfsirashmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid