Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz» - «Milliy tiklanish» va'da berdi
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi 12 iyul kungi videoselektorda prezident tomonidan qilingan tanqidiy fikrlarga munosabatini e'lon qildi. Partiya Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muxamedjanova davlat rahbari o‘z ma'ruzasida partiya tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni chuqur tahlil etib berganini e'tirof etgan.

Ochig‘ini aytganda Prezidentimizning parlament va siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuvi jonli muloqot tarzida o‘tdi. Mamlakatimiz tarixida bu formatdagi uchrashuv ilk marotaba o‘tkazildi.
Biz O‘zbekistonning siyosiy tizimida yangi davr boshlanganligini anglab yetdik. Jamiyatimizda har bir soha kabi siyosiy tizimni erkinlashtirishga Prezidentimiz alohida e'tibor bermoqdalar.
Davlatimiz rahbari o‘z ma'ruzalarida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni chuqur tahlil etib berdilar.
Mamlakatimizni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinib, taraqqiyotimizni yangi davri boshlandi. Lekin biz haligacha partiyamiz dasturlariga Harakatlar strategiyasidan kelib chiqib tegishli o‘zgartirishlar kiritganimiz yo‘q. Bu esa faoliyatimiz har kuni o‘zgarayotgan talablarga javob bermayotganligini ko‘rsatadi.
Shu nuqtai nazardan Harakatlar strategiyasidagi vazifalar asosida partiya Dasturiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Partiyamiz saylovoldi dasturida muhim o‘rin egallagan turizm sohasini rivojlantirish, madaniy merosni asrab avaylash masalalariga yetarli e'tibor berilayotgani yo‘q.
Shu nuqtai nazardan “Turizm to‘g‘risida”gi va “Madaniy meros obektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunlarga zamon talablaridan kelib chiqib, o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarimizni tayyorlab, uni parlamentda himoya qilib, albatta qabul qilinishiga erishamiz.
Madaniyat vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyati ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshiramiz. Mazkur yo‘nalishda markazda partiya fraksiyasi, hududlarda partiya guruhlari tashabbuskorligini kuchaytirib, har bir deputatni ushbu jarayonga jalb etamiz.
Partiya tizimida yoshlar bilan ishlashda xato va kamchiliklarimizni anglab yetdik. Biz faqat uyushgan yoshlar bilan ishlab, uyushmagan yoshlar, yo‘ldan adashib, turli oqimlarga kirib qolgan yoshlarni o‘z nazarimizdan chetda qoldirganmiz.
Shundan kelib chiqqan holda, endilikda partiya tashkilotlarimiz va deputatlarimiz bilan birgalikda uyushmagan yoshlar bilan alohida tizimli ishlarni olib boramiz. Uyma-uy yurib, ular bilan muloqotlar tashkil etamiz. Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda ularni ta'lim olishga, kasb o‘rgatishga, bandligini ta'minlashga harakat qilamiz.
Prezidentimizning barcha bildirgan tanqidiy fikrlarini chuqur tahlil etib partiyamiz deputatlari, faollari, ekspertlari va xodimlari bilan birgalikda muhokama qilib, partiyamiz tizimida yangicha ish uslubini yo‘lga qo‘yib, odamlar bilan muloqot qilib, ularni muammolarini hal qilishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.
Feruza Muxamedjanova,
O‘zMTDP Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari
Mavzuga oid
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026
13 ta tuman hokimiga intizomiy chora ko‘riladi
16:21 / 24.04.2026
Prezident qator hokimlarni tanqid qildi
17:40 / 27.01.2026