Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 1 haftada 41ta jinoyat fosh etildi
Toshkent viloyati hududida 2017 yil 7-13 iyul kuniga qadar 45 ta jinoyat sodir etildi. Shundan: 1 ta qasddan odam o‘ldirishga suiqasd, 2 ta qasddan og‘ir shikast yetkazish, 9 ta o‘g‘irlik, 1 ta firibgarlik, 4 ta giyoxvandlik, 1 ta iqtisodiy va 27 ta boshqa turdagi jinoyatlarni tashkil qiladi. Bu haqda viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilindi.
Sodir etilgan jami 45 ta jinoyatning 41 tasi "izi yo‘qolmasdan" fosh etilgan va tezkor-tergov harakatlari olib borilmoqda, fosh etilmagan 4 ta o‘g‘irlik jinoyatlari bo‘yicha aybdorlarni qidirib topish va ularni qonun doirasida javobgarlikka tortish borasida barcha tergov va tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Hafta davomida qidiruvda yurgan 20 nafar shaxslar ushlandi.
Ilgari sodir etilib, ochilmagan 4 ta jinoyat fosh etildi. Shundan, 3 ta o‘g‘irlik, 1 ta bezorilik jinoyatlaridir.
Xususan, shu yilning 31 mart kuni Angren shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz M.M. Angren shahar IIBga murojaat qilib, joriy yilning 31 mart kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, uyi qo‘yxonasidan umumiy narxi taxminan 3 yarim mln so‘m bo‘lgan 7 bosh qo‘yini o‘g‘irlaganini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz A.A., O.A. va Sh.M.lar sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
4 iyul kuni Piskent tumanida yashovchi, uy bekasi U.S. murojaat qilib joriy yilning 3 iyul kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs hech kim yo‘qligidan foydalanib, , shu ko‘chada joylashgan “G‘ofir-Agro” f/x yer maydoni chetidan bog‘lab qo‘yilgan unga tegishli umumiy narxi taxminan 6 mln so‘m bo‘lgan 3 bosh qora mollarini o‘g‘irlaganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Olmaliq shahrida yashovchi, vaqtincha ishsiz S.R. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Ayni vaqtda, ularga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
00:40 / 16.05.2026
Olmaliqda mototsiklchi 14 yoshli piyodani urib yubordi
09:04 / 23.03.2026
Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi
14:34 / 16.03.2026