Sport | 19:10 / 15.07.2017
9190
1 daqiqa o‘qiladi

Montella dunyodagi eng kuchli ikki himoyachini tanladi

"Milan" bosh murabbiyi Vinchentso Montella "Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchining xarid qilinishiga munosabat bildirdi. Rossoneri 30 yoshi futbolchining transferini e'lon qildi. 

"Klub transfer bozorida tajribali futbolchilar bilan birga yosh o‘yinchilarni taklif etib, noodatiy ishlamoqda. Ko‘pchilik boshqa ligadan kelib qo‘shilmoqda, shu sababli ko‘nikib olish uchun ularga biroz vaqt kerak bo‘ladi, biroq men har bir yangi futbolchiga ishonaman. Rostini aytsam, men ortiqcha bosimni ko‘rmayapman. Menga kuchli o‘yinchilar bilan ishlash osonroq. 

Bonuchchi – jahon darajasidagi o‘yinchi. O‘ylashimcha, u va Serxio Ramos dunyoning eng kuchli himoyachilari hisoblanadi. Men Leonardo bilan ishlashni orzu qilgandim", – dedi Montella.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid