Mourino «MYu»da yana yangi o‘yinchilar paydo bo‘lishiga ishora qildi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Joze Mourino «Chelsi» yarim himoyachisi Nemanya Matichning transferi bo‘yicha izoh berishdan bosh tortdi. Biroq, uning ta'kidlashicha, klub transfer bozorida ishlashni davom ettirmoqda. Avvalroq «MYu» tarkibiga hujumchi Romelu Lukaku va himoyachi Viktor Lindelyof kelib qo‘shilgandi.
«Matich — „Chelsi“ning o‘yinchisi. Men u haqda gapira olmayman. Biz o‘yinchini, klubni, uning egasini, murabbiyni hurmat qilishimiz lozim.
Faqatgina Lukaku va Lindelyofni tarkibga qo‘shib olganimizdan ko‘nglimiz to‘lmadi. Bizga ko‘proq kerak. To‘rt nafar o‘yinchisi xohlagandik, shuning uchun 50 foiz ish bajarildi, deya olaman. Biroq, bu haqda gapirishni istamasdim, sababi bu juda murakkab. Ed Vudvordning o‘rnida bo‘lib, muzokaralar olib borishni xohlamasdim, chunki bu haqiqatdan ham og‘ir.
Ehtimol, bizda yana ikki nafar o‘yinchi bo‘ladi. Balki, bir nafar paydo bo‘lar, biroq, u bizga ko‘proq variantlar berishi uchun kerak. Bizda keyingi bir necha oy davomida o‘ynashi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bor. Markos Roxo va Eshli Yang kabi futbolchilar haqida gapirayapman.
Shuning uchun Matich yoki boshqa ismni tilga olmayman, sababi buni qilish to‘g‘ri emas, deb hisoblayman", - deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Mavzuga oid
12:26 / 04.11.2024
«Barsa»ni to‘xtatib bo‘lmayapti, «MYu» o‘ziga kelmoqda. Kun o‘yinlari
16:20 / 02.11.2024
«MYu»da yangi bosh murabbiy. Klub Ruben Amorimni tanlashiga 4 sabab
17:38 / 28.10.2024
«MYu» Erik ten Hagni iste’foga chiqardi
11:34 / 30.09.2024