Jahon | 10:41 / 15.07.2017
12575
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyada butunboshli orol sotuvga qo‘yildi

Foto: telegraph.co.uk

Shotlandiyadagi maydoni 1,8 ming gektardan ortiq bo‘lgan orol 4,25 mln funt sterling evaziga sotuvga qo‘yildi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Alva oroli Ichki Gebrid orollari arxipelagi tarkibida kattaligi bo‘yicha ikkinchi hisoblanadi. Orol hududida qushlarning 123 turi yashaydi, shuningdek, bug‘ular ham bor. 

Ta'kidlanishicha, orolda ilk kishilar eramizdan avvalgi VI asrda yashay boshlagan. Orol 70 yil ichida ilk bora sotuvga qo‘yildi.

U yerda saroy, ibodatxona, restoran va boshqa sakkizta ko‘chmas mulk obekti borligi aytilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid