Sport | 21:30 / 16.07.2017
12305
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyliklarning pullari hammaga yetadi. Bigliya «Milan» bilan shartnoma imzoladi

Argentinalik havbek Lukas Bigliya «Latsio»dan «Milan» safiga o‘tdi.

Lombardiyaliklar klubi ushbu futbolchi transferi haqida rasman e'lon qildi.

Argentinalik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma tuzilgan.

Futbolchi «Latsio» safida 4 mavsum o‘ynadi.

Bundan avvalgi xabarlarda ushbu futbolchi trasnferi uchun milanliklar 17 million yevro to‘lashi, kelishuvda 3 million yevro miqdoridagi bonuslar ham nazarda tutilgani aytilgandi. Futbolchining o‘ziga 3,5 million yevro miqdorida yillik maosh tayinlanadi.

Bigliya yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tgan «Milan»ning o‘ninchi transferi bo‘ldi. Shu kungacha jamoa 9 futbolchi transferini rasmiylashtirgandi: «Vilyarreal»dan himoyachi Mario Musakkio, «Atalanta»dan tayanch yarim himoyachisi Frenk Kessiye, «Volfsburg»dan himoyachi Rikardo Rodriges, «Portu»dan hujumchi Andre Silva, «Sanderlend»dan hujumchi Fabio Borini, «Bayyer»dan Hoqon Chalxono‘g‘li, «Atalanta»dan Andrea Konti, «Yuventus»dan Leonardo Bonuchchi sotib olingandi. Shuningdek jamoa darvozaboni Janluiji Donnarummaning katta akasi Antonio Donnarumma Gretsiyaning «Asteras» klubidan qaytarib sotib olingan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid